Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Pastdarg‘omda mulkiy huquqlarni qonuniylashtirish masalasi muhokama qilindi

Pastdarg‘om tumani fuqarolarining o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarini e’tirof etish bo‘yicha Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan qabul qilingan qaror yuzasidan tuman hokimligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri hamda mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida fuqarolarning murojaatlari va e’tirozlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur qaror nafaqat mulkiy huquqlarni ta’minlash, balki kelgusida kredit olish, meros qoldirish va mulkni qonuniy ravishda sotish kabi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni ham yengillashtiradi.
Shu bilan birga, qarorlarni amalga oshirish jarayonida xatolikka yo‘l qo‘ymaslik, har bir murojaatni qonuniy va adolatli ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4