Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan hududdagi ta’lim muassasalarida kutubxona faoliyati, mavjud sharoitlar hamda yoshlar
o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Parkent tumanidagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida nazorat-o‘rganish ishlari olib borildi. Deputat tomonidan maktab ma’muriyati bilan hamkorlikda kutubxonaning bugungi holati, mavjud sharoitlari va faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Jarayon davomida kutubxona xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, kitob fondining holati, kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar, xizmat ko‘rsatish sifati hamda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Shuningdek, muassasa xodimlarining mavjud muammo va
takliflari tinglanib, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ular orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish davomida kutubxonada kitoblarni saqlash va ulardan foydalanish holati, o‘quvchilarning kutubxonaga jalb etilish darajasi ham batafsil tahlil qilindi. Kutubxonada kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan turli tadbirlar, adabiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.Yakunida deputat tomonidan kutubxona fondini yanada boyitish, ayniqsa yoshlar orasida qiziqish uyg‘otadigan zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, elektron kutubxona tizimini joriy etish, kitoblar hisobini raqamlashtirish hamda o‘quvchilarni kutubxonaga muntazam jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Mazkur o‘rganish deputatning hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish borasidagi amaliy faoliyatining muhim qismi bo‘ldi.
  

Slide 1 of 4