Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Tibbiy xizmat sifati va istiqbolli hamkorlik
Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida tumanda aholi murojaatlari bilan ishlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

📝 KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiariq tumani xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi S.Boltayev tomonidan 2026-yil davomida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborot tinglandi.

🔹 Tumandagi mahallalar kesimida jinoyatchilikni aniqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-sonli Farmoni ijrosi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot va tahliliy ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

⚖️ Yig‘ilishda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda korrupsiyaning oldini olish borasidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Muhokamalar yakunida tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilib, istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4