Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Tibbiy xizmat sifati va istiqbolli hamkorlik
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputatlari M.Xudoyberdiyeva hamda L.Karimovalar tomonidan tuman markazidagi A.Temur koʻchasida avtomobil yoʻllaridagi tirbandliklar, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, piyodalar oʻtish joylari hamda svetoforlar holati oʻrganildi.

Oʻrganish davomida yoʻllardagi harakat zichligi, piyodalar xavfsizligini taʼminlash, svetoforlarning soz holatda ishlashi va yoʻl belgilarining joylashuvi koʻzdan kechirildi. Shuningdek, ayrim hududlarda transport oqimini tartibga solish, piyodalar oʻtish joylarini yangilash hamda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Deputatlar tomonidan masʼul tashkilotlarga yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5