Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Tibbiy xizmat sifati va istiqbolli hamkorlik
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov saylov okrugida o‘rganish olib bordi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I.Masharipov tomonidan o‘z saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ–445-sonli Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida:
▪️ Fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi;
▪️ Murojaatlar ijrosining o‘z vaqtida ta’minlanishi;
▪️ Mahalla fuqarolar yig‘inlarida murojaatlar bilan ishlash holati;
▪️ Aholining muammo va takliflarini tizimli hal etish masalalari tahlil qilindi.

📌 Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishi, ijro intizomi hamda mas’uliyatni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🤝 Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini qonuniy va adolatli hal etish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.