Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Tibbiy xizmat sifati va istiqbolli hamkorlik
Shayxontohur tumanidagi yo‘l o‘tkazgich masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

Shayxontohur tumanidagi yo‘l o‘tkazgich masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Xusniddin Ergashev tomonidan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.A.Isroilov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📝 Mazkur deputatlik so‘rovi Shayxontohur tumanida tashkil etilgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida shakllantirilgan.

📍 Sayyor qabul davomida hududdagi “Shofayzi” va “Hamdam” ko‘chalarini bog‘lab turgan Bo‘zsuv kanali ustidagi yo‘l o‘tkazgich masalasi deputatlar hamda tuman hokimligi mutasaddilarining alohida e’tiborida bo‘ldi.

🛣 O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, aholi bir necha o‘n yillar davomida aynan shu yo‘ldan foydalanib kelgan. Hozirgi vaqtda esa “Shofayzi” va “Hamdam” ko‘chalari o‘rtasida Bo‘zsuv kanali orqali o‘tish uchun Nurafshon ko‘chasidan aylanib yurishga majbur bo‘linmoqda. Mahalla ichidan boshqa qulay yo‘l mavjud emasligi fuqarolarga jiddiy noqulaylik tug‘dirmoqda.

📝 Shu munosabat bilan deputat Xusniddin Ergashev “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Shayxontohur tumani “Shofayzi” va “Hamdam” ko‘chalarini bog‘lab turgan Bo‘zsuv kanali ustidagi yo‘l o‘tkazgich masalasini o‘rganib chiqish hamda muammoni hal qilish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi.

⏳ Deputatlik so‘rovida amalga oshirilgan ishlar yoki rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan 10 kun muddat ichida asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish talab qilingan.

📌 Shuningdek, deputatlik so‘rovida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish, uni ko‘rib chiqish muddatlarini buzish yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi eslatib o‘tilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1