Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Tibbiy xizmat sifati va istiqbolli hamkorlik
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati B.Ergasheva tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish hamda fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Deputat tomonidan mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, ehtiyojmand oilalar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etishda manzilli ishlarni yo‘lga qo‘yish muhim ekani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, ijtimoiy xodim faoliyatida uchrayotgan ayrim muammo va takliflar ham o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 2