Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Tibbiy xizmat sifati va istiqbolli hamkorlik
Deputat mahallada Yoshlar siyosati va bandlik: Mahallalardagi besh tashabbus ijrosi deputatlar nazoratida

 Yoshlar siyosati va bandlik:
Mahallalardagi besh tashabbus ijrosi deputatlar nazoratida
 

Xalq deputatlari tuman
Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan joylarda yoshlar bilan
ishlash tizimining samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh
vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doimiy
o‘rganilib borilmoqda.
 

Mazkur yo‘nalishdagi
navbatdagi nazorat tadbiri 14-Mingtepa saylov okrugidan saylangan deputat
(«Adolat» SDP deputatlik guruhi a’zosi) B. Abdurahmonov hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi G. Xudoyqulova tomonidan mahallalarda joyiga
chiqqan holda o‘rganildi.
 

Jarayonda mahalladagi yoshlar
yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va yoshlar
bandligi holati yaqindan ko‘zdan kechirildi.
 

O‘rganish natijalariga ko‘ra: 

Tizimli olib borilgan ishlar
va yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi tezkor chora-tadbirlar natijasida,
mahallada hozirgi kunda «Yoshlar daftari» ro‘yxatida turuvchi (ishsiz yoki
ijtimoiy ko‘makka muhtoj) yoshlar mavjud emasligi aniqlandi.
 

Davlatimiz rahbari tomonidan
ilgari surilgan Besh muhim tashabbus doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida turli
madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida
«Kasblar tanlovi» kabi musobaqa va uchrashuvlar muntazam ravishda o‘tkazib
kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 1