Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Tibbiy xizmat sifati va istiqbolli hamkorlik
Deputat mahallada Maktablarda zamonaviy sharoitlar: Qaror ijrosi amalda

 Maktablarda
zamonaviy sharoitlar: Qaror ijrosi amalda
 

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 24-noyabrdagi
VII-19-91-10-142-K/25-sonli
qarori ijrosini ta’minlash, xususan, maktab hojatxonalarini qurish va
ta’mirlash uchun yo‘naltirilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini ko‘zdan
kechirish maqsadida tizimli o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
 

Mazkur qaror doirasida navbatdagi nazorat
tadbiri 14-Mingtepa saylov okrugidan saylangan deputat («Adolat» SDP deputatlik
guruhi a’zosi) B. Abdurahmonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi

G. Xudoyqulova
tomonidan joyiga chiqqan holda amalga oshirildi.
 

O‘rganish davomida quyidagilar ma’lum
bo‘ldi: Tumandagi 40-sonli umumta’lim maktabida yangi qurilishi belgilangan
zamonaviy ichki hojatxona binosi to‘liq qurib bitkazilgan. Shuningdek, obyektda
toza ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlari to‘liq tortilib, barcha zarur
jihozlar o‘rnatilgan. Hozirgi kunda mazkur inshoot foydalanishga topshirish
(ishga tushirish) uchun shay holatga keltirilgan.
 

Farzandlarimizning zamonaviy va
sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq javob beradigan sharoitlarda ta’lim
olishini ta’minlashga qaratilgan bu kabi nazorat tadbirlari Kengash deputatlari
tomonidan doimiy kuzatib boriladi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 5