🔹Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
🔹Deputat hamda mahalla raisi tomonidan hududdagi ichki yo‘llarning holati, transformator va elektr ustunlarining sozligi ko‘zdan kechirilib, anialngan muammolar yuzasidan deputatlik so'rovlari chiqarilishi belgilab olindi.
🔹 O‘rganishlar davomida mahalla hududida tadbirkor tomonidan 40 sotix yer maydonida tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi.
🔹Deputat issiqxonada ekilgan pomidor ko‘chatlarining holati hamda mahalla aholisi uchun yaratilgan doimiy ish o‘rinlarini ko‘zdan kechirib, doimiy ish bilan ta’minlangan 5 nafar ishchi bilan samimiy suhbat uyushtirilib, ularning ish sharoitlari o‘rganildi.
🔹Bu kabi o‘rganishlar mahallalardagi infratuzilmani yaxshilash va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.