🔹Tadbirda viloyat hamda tuman Kengashi deputatlari, ekspertlar va NNT vakillari ishtirok etib, quyidagi muhim yo‘nalishlarni muhokama qildilar:
🔹Deputatlik nazorati: Qarorlar ijrosini monitoring qilish va deputatlik so‘rovlari bilan ishlashni tizimlashtirish.
🔹Jamoatchilik ishtiroki: Fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda "Jamoatchilik eshituvlari" va "Qo‘shma monitoring" mexanizmlarini keng joriy etish.
🔹Ochiqlik va raqamlashtirish: Deputatlar faoliyatida raqamli platformalar imkoniyatlaridan foydalangan holda hisobdorlikni ta’minlash.
🔹Davra suhbatida viloyat Kengashi deputatlari G.Kravchenya, M.Narbasheva va B.Karimovalar o‘z faoliyatlari misolida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruza qildilar.
🔹Yakunda mahalliy Kengashlar faoliyatida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va fuqarolar bilan qayta aloqa tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.