Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
📌 Sog‘lom ovqatlantirish tizimi monitoringi davom etmoqda

🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G.Dosova hamda kotibiyat xodimi U.Ruzmetov komissiya a’zolari bilan birgalikda tumandagi Yangiobod mahallasida joylashgan 27-son umumta’lim maktabida navbatdagi monitoring ishlarini olib bordi.
🍽 Monitoring davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 472-sonli qarori ijrosi, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini tashkil etish holati, oshxona faoliyati, taomlar sifati, sanitariya-gigiyena talablari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
📋 Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash tartibi, taomnoma sifati va oshxonalardagi sanitariya holatiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, bolalar salomatligini mustahkamlash hamda sanitariya talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash borasidagi monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4