Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etish — ustuvor vazifa

Hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etish — ustuvor vazifa

🤝 Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini tizimli hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari doirasida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova “Qishloqozon” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🏡 Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi bandligini ta’minlash, muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

📊 Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 1