Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Qaqir mahallasida faoliyat tahlil qilindi

 Qaqir mahallasida faoliyat tahlil qilindi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A. Isaxonov
tomonidan, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Fozilov ishtirokida Qaqir
mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganish jarayonida, xususan, mahalla raisining “mahalla
yettiligi” a’zolari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ularning salohiyatidan
mahallani har tomonlama rivojlantirishda samarali foydalanish borasida amalga
oshirayotgan ishlari tahlil qilindi. 

Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan doimiy daromad
manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka
yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash, mahallada tadbirkorlikni
rivojlantirish hamda aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
kredit va subsidiyalar ajratilishiga ko‘maklashish bo‘yicha olib borilayotgan
ishlar holati ham atroflicha o‘rganildi. 

O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan
mahalla raisi va hokim yordamchisiga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud
muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.  

Slide 1 of 2