Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
IJTIMOIY SOHA MUASSASALARI SANITARIYA HOLATI YUZASIDAN DOIMIY KOMISSIYA MAJLISI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 799-sonli “Ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yo‘llari bo‘yidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari shahar Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Urganch shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan 2026-yilning 1-choragi davomida amalga oshirgan ishlar hisoboti tinglandi. 

Hisobotda 2026-yil 1-choragi davomida Urganch shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida 2-sonli umumta’lim maktabining tashqi hojatxonasi kosmetik ta’mirtalab holatda ega ekanligi, 1 va 3-sonli umumta’lim maktablarining tashqi hojatxonalarini qayta jihozlash zarurligi hamda tibbiyot birlashmasi va 1-sonli oilaviy poliklinika hojatxonalarini joriy ta’mirlash va jihozlash ishlari zarurligini ta’kidladi. 

Shundan so‘ng ushbu o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan doimiy komissiya a’zolari tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 5