Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
DEPUTAT TAShABBUSI: YoShLAR UChUN KITOBXONLIKKA QADAM

DEPUTAT TAShABBUSI: YoShLAR UChUN KITOBXONLIKKA QADAM

🔹 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash maqsadida tuman Kengashi deputati Qahramon Makarov tomonidan Ulug‘bek MFY hududida tashkil etilgan kutubxona fondi yanada boyitildi.

🔹 Kutubxonaga milliy va jahon adabiyoti namunalaridan iborat badiiy kitoblar to‘plami taqdim etildi. Mazkur kitoblar yoshlarning qiziqishlari va yosh toifalari inobatga olingan holda tanlab olingani bilan ahamiyatlidir.

🔹 Ushbu amaliy tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

🔹 Shuningdek, kutubxona faoliyatini jonlantirish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik kechalari va uchrashuvlar tashkil etish rejalashtirilgan.

🔹 Bunday tashabbuslar yosh avlodni ilm-ma’rifatga yo‘naltirish, ularni mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarashga ega shaxslar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4