Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Tibbiy xizmat sifati va istiqbolli hamkorlik
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazildi.

Kun tartibiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025-2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-186-sonli qarorida belgilab berilgan topshiriqlarning tumandagi ijrosi to‘g‘risidagi masala kiritilgan.

Bu bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining O va BMKB o‘rinbosari X.B.Xursandovning hisoboti dastlabki tarzda tinglandi va doimiy komissiya a’zolari tomonidan muhokama qilindi.

Muhokama davomida hisobot beruvchiga doimiy komissiya a’zolari kun tartibidagi masala yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan o‘rganish natijalaridan kelib chiqib savollar berishdi.

Majlis yakunida fikr-mulohazalar tinglanib, doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan takliflar inobatga olinib, xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha bo‘yicha doimiy komissiyasi tegishli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 1