Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Samarqand shahar 17-umumta'lim maktabida yoshlar bilan mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahar Kengashi deputati Boltaeva Dilbar Olimovna 17-maktabda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bugungi kundagi ta’lim jarayoni, ularning qiziqishlari, orzu-maqsadlari hamda kelajak rejalari haqida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Deputat yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarga yo‘naltirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, deputatdan batafsil javoblar oldilar. Tadbir iliq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlar uchun foydali va motivatsion bo‘ldi.

Slide 1 of 1