Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Nurobod tumanida qonuniylikni mustahkamlash borasidagi ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman prokurori J. Abdixakimovning 2026-yilning o‘tgan davri davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhfaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti eshitildi. 

Mazkur axborot O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunining 5-moddasiga asosan ko‘rib chiqildi.

📌 Asosiy ko‘rsatkichlar: 

▪️ 2026-yilning dastlabki 2 oyi davomida tumanda jinoyatlar soni 24 taga yoki 60 foizga oshgan

▪️ Har 100 ming aholiga nisbatan 38,17 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan

📌 Jinoyatlar tahlili: 

▪️ 10 ta (15%) jinoyat tashabbus orqali aniqlangan

▪️ 29 ta (45%) jinoyat axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan

▪️ 25 ta (39%) jinoyatning oldini olish mumkin bo‘lgan

▪️ 19 ta (76%) jinoyat mahallalarda profilaktika kuchaytirilganda oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar

📌 Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar: 

▪️ 1 ta bezorilik

▪️ 2 ta yengil tan jarohati yetkazish

▪️ 16 ta o‘g‘irlik

⚠️ O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, joylarda profilaktik tadbirlarning yetarli darajada olib borilmagani sababli tumandagi “Mash’al” mahallasi “qizil” toifaga kiritilgan.

📌 Ko‘rilgan choralar: 

▪️ 7 nafar mahalla raisi va 1 nafar yoshlar yetakchisi intizomiy javobgarlikka tortildi

▪️ Jinoyatlarga sabab bo‘lgan omillarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda

✅ Yig‘ilish yakunida jinoyatchilikni kamaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va aholining huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1