Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
MAHALLA INFRATUZILMASINI YAXSHILASH CHORALARI KO‘RILMOQDA: DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA

Xalq deputatlari shahar Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 8 bandi (mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlari) ijrosini ta’minlash bo‘yicha shahar Kengashi deputati D.Sabirov shahardagi “Kamolot” mahallasidagi ichki yo’llar xolatini o‘rgandi. 

O‘rganish davomida mahalla hududidagi bir nechta ta’mirtalab ichki ko‘chalar borligi aniqlandi. 

Mazkur ko‘chalarni “Tashabbusli budjet” yoki mahalliy dastur doirasida shag‘allashtirish va asfaltlash imkoni mavjud. 

O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Shahar yo‘llardan foydalanish korxonasiga ichki ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborish, "shahar hududiy elektr tarmoqlari" korxonasi bilan hamkorlikda ko‘chalarni yoritish chiroqlarini o‘rnatish choralarini ko‘rish hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHHX) bilan birgalikda xavfli nuqtalarga maxsus belgilar o‘rnatish masalalarini xal etish borasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish vazifalari belgilab olindi. 

Slide 1 of 1