Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Z.Umurzakovning D 060 “Pshag‘ar q. – Zarbdor temir yo‘l stansiyasi” yo‘nalishidagi yo‘llarning holati yuzasidan yuborgan deputatlik so‘roviga asosan rasmiy munosabat bildirildi.Zarbdor tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, mazkur yo‘nalishning 14-16 km oraliqlari haqiqatdan ham ta’mirtalab holatda ekanligi tasdiqlandi.

Amalga oshiriladigan ishlar: Dasturga kiritish: Jizzax viloyati kengashining 2026-yil 26-fevraldagi qaroriga muvofiq, Zarbdor tumanidan o‘tuvchi 26 km uzunlikdagi davlat ahamiyatiga ega yo‘llarni ta’mirlash uchun 25,0 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Muddatlar: Joriynining 3-choragi mobaynida loyihalashtirish ishlari yakunlanib, tender asosida yo‘l quruvchi tashkilot aniqlanadi va to‘liq ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Hozirgi holat: Yo‘lning qatnov qismini soz holatda saqlab turish maqsadida ayni kunlarda mavjud chuqurchalarni yamash va nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Hududdagi transport infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish choralari deputatlik nazoratiga olingan.

Slide 1 of 5