Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat so‘rovi: Aholi muammolari e’tiborda

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati M.Ashiraliyeva tomonidan, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Xamrayevga bugun 48-ds-400-26-sonli rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur so‘rov “Mustaqillik” mahallasi aholisining murojaatlari asosida, hududiy infratuzilmani yaxshilash maqsadida tayyorlangan.

Unda Jarqo‘rg‘on markazi va “Mustaqillik” mahallasi yo‘nalishi bo‘yicha muntazam avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘tarilgan.

Ushbu tashabbus aholining uzog‘ini yaqin qilish va jamoat transporti tizimidagi mavjud uzilishlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1