Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
📌 Murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan Ishtixon tumani hokimligi devonxona bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida 2026-yil yanvar–mart oylarida murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi.
📊 Ma’lumotlarga ko‘ra:
🔹 Jami 426 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 55 foizga kamaygan
🔹 Shundan 126 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali yuborilgan bo‘lib, bu yo‘nalishda ham 25 foizga kamayish kuzatilgan
🔹 Hisobot davrida 10 marotaba sayyor qabullar tashkil etilgan
📌 Murojaatlarning asosiy qismi:
🔹 kommunal xizmatlar
🔹 uy-joylarni ta’mirlash
🔹 tibbiy yordam
🔹 nafaqa va moddiy yordam masalalari
bilan bog‘liq bo‘lgan.

❗️ O‘rganish jarayonida ayrim kamchiliklar ham aniqlanib, xususan, tibbiyot birlashmasi hamda ekologiya bo‘limlari tomonidan murojaatlar bilan ishlashda sustkashlik holatlari mavjudligi qayd etildi.

🛠 Deputatlar tomonidan murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🗣 Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholining muammolariga tezkor va samarali yechim topish muhimligi alohida ta’kidlandi.

✅ Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yaxshilash — aholi ishonchini mustahkamlash va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. 

Slide 1 of 4