Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
11-son maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini ta’minlash hamda muassasa sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganishdi.

#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati – kotibiyat mudiri Sh. Isamutdonov, deputat X. Haydarova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromovlar shahardagi 

11-son maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini ta’minlash hamda muassasa sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganishdi.

Tashrif davomida oshxona faoliyati va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash shartlari sinchiklab tekshirildi. Mahsulotlar belgilangan haroratda saqlanayotgani, ularning sifati muntazam nazorat qilinayotgani va xodimlarning gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilayotgani alohida e’tiborga olindi. Shu bilan birga, taomnomaning bolalarning yosh va ehtiyojlariga mosligi, ratsionning balanslanganligi baholandi.

Shuningdek, muassasa hududi va bolalar maydonchalari obodonlashtirilishi tekshirildi. Obodonlashtirish ishlari nafaqat tashqi ko‘rinishni yaxshilash, balki bolalarning qulay va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta’minlashga qaratilganligi qayd etildi. Tekshiruv jarayonida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

| Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) | Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) | Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) | Instagram (https://www.instagram.com/madadnnt_/)

Slide 1 of 6