Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
URGANCH SHAHRIDA ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH DASTURIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITILMOQDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 665-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, shahar Kengashining 2026-yil 14-martdagi VII-20-24-12-180/K-26-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish masalasi muhokama qilindi.

Ushbu kiritilayotgan o‘zgartirishlarning asosiy sababi dastlabki tarzda tasdiqlangan manzilli ro‘yhatga kiritilgan ayrim yo‘llar tashabbusli budjet jarayonlarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritganligidir.  

Bu kabi tadbirlar shahardagi ichki yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish muhitini yaratishga xizmat qiladi. Bu borada doimiy komissiya tomonidan shakllantirilgan takliflar shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish uchun komissiya a’zolari deputatlar tomonidan ma’qullandi.