Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Deputatlar o'z saylov okrugida

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Firdavs Turdiyev, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari bilan birgalikda Kengashning haftalik ish rejasiga asosan "Chinor" mahallasida "Deputat va Mahalla yettiligi hamkorligi" doirasida yettilik bilan uchrashuv olib bordi.

Hududlarni rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish, o‘zaro hamkorligini mustahkamlash maqsadida “O'zbekiston” mahallasida yettilik bilan uchrashib, "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo'nalishlari bo'yicha" belgilangan tavsiyalar asosida o'rganish o'tkazdi. 

 Mahallada faoliyat yuritayotgan “yettillik” a’zolarining ishlari bilan yaqindan tanishib, ularning aholi muammolarini o‘rganish va joylarda samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi faoliyatini o‘rgandilar.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar va o‘rganishlar joylarda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, hududiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni samarali hal etishga xizmat qiladi.