Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Ajratilgan mablag‘lar ijrosi deputatlar nazoratida

🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 18-fevraldagi VI-20-11-11-168-K/26-sonli qaroriga muvofiq, shahar mahalliy budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan mablag‘lar ijrosi yuzasidan navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔹Mazkur qaror asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga umumta’lim maktablarini zamonaviy kompyuter sinf xonalari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash uchun 157 456,0 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.

🔹Nazorat tadbiri Marg‘ilon shahridagi 34-umumta’lim maktabida o‘tkazildi. Unda viloyat Kengashi deputati Z.G‘ofurova, shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi E.Yunusov, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Mahkamov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirok etdilar.

🔹O‘rganish natijalariga ko‘ra, bugungi kunda mazkur maktabga 15 dona zamonaviy kompyuter jamlanmasi yetkazib berilgani ma’lum bo‘ldi.

🔹 Deputatlar tomonidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, texnik jihozlardan oqilona foydalanish hamda ta’lim sifati oshishiga xizmat qilishi yuzasidan mutasaddilarga aniq tavsiyalar berildi.

🔹Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan budjet mablag‘lari sarfi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, ularning manzilli va samarali yo‘naltirilishini ta’minlash ishlari muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 9