Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Tibbiy xizmat sifati va istiqbolli hamkorlik
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 25-mart kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda doimiy komissiya a'zolari, kotibiyat xodimlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiyaning amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi. Unda aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarorining ijrosi muhokama qilindi. Mazkur qaror doirasida hududda ko‘p kvartirali uy-joy fondini samarali boshqarish, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi yana bir muhim masala – 2026-yil 1-mavsumda Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Ochiq budjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflarni moliyalashtirish masalasi bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan loyihalarga mablag‘ ajratish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Mablag‘larni samarali va maqsadli yo‘naltirish, ustuvor loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 6