Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
MAHALLADAGI YOSHLAR TAQDIRI DEPUTAT E’TIBORIDA:

MAHALLADAGI YOSHLAR TAQDIRI DEPUTAT E’TIBORIDA: “MO‘G‘OL” MFYDAGI O‘RGANISHLAR TAHLILI

Bugun mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi — mahalla darajasidagi yoshlar yetakchisi instituti joriy etilgani o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Bu boradagi ishlarning samaradorligi va yoshlarning muammolarini hal etish darajasi xalq vakillari tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Almanov hududdagi “Mo‘g‘ol” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, yoshlar yetakchisining faoliyati hamda mahalladagi yoshlar siyosatining ijrosini atroflicha o‘rgandi.

O‘rganish davomida deputat asosiy e’tiborni “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlarning holatiga qaratdi. Yetakchi tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, ro‘yxatga olingan yoshlarning ijtimoiy ahvoli va ularga ko‘rsatilayotgan yordam turlari tahlil qilindi.

U.Almanov mahalla yoshlarining murojaatlari qay darajada hal etilayotgani, ayniqsa, subsidiya asosida asbob-uskunalar ajratilishi va oliy ta’limda tahsil olayotgan ehtiyojmand talabalarning shartnoma pullarini to‘lab berish borasidagi ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.

Bandlik va tadbirkorlik — ustuvor vazifa

Deputat va yoshlar yetakchisi muloqoti davomida mahalladagi ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash masalasi markaziy mavzu bo‘ldi. “Mo‘g‘ol” MFYda yoshlarga dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, ularni hunarmandchilik va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar ko‘zdan kechirildi.

“Yetakchi faqat qog‘ozda emas, amalda har bir yoshning xonadoniga kirishi, uning dardi bilan yashashi kerak. Bizning maqsadimiz — yoshlarning muammosini mahalla darajasida hal etishga ko‘maklashishdir”, — deya ta’kidladi deputat U.Almanov.

Ma’naviyat va sport tadbirlari

Shuningdek, o‘rganish davomida mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalarning o‘tkazilish sifati ham ko‘rib chiqildi. Mahalladagi mavjud sport maydonchalari va to‘garaklarning faoliyati yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xulosa va istiqboldagi rejalar

O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputat U.Almanov yoshlar yetakchisining faoliyatini jadallashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida “mahalla yettiligi” bilan hamjihatlikda ishlash yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdi. 

Slide 1 of 2