Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-A.Navoiy okrug deputati L.Avezova o‘ziga biriktirilgan mahallada “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida sayyor qabul tashkil etdi.

Sayyor qabul jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektorlari, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisi bilan birgalikda hududdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar atroflicha muhokama qilindi.

 Aholi tomonidan bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi, yo‘l va infratuzilma masalalari, ijtimoiy yordam va uy-joy bilan bog‘liq murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat alohida qayd etilib, hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalarni joyida ko‘rib chiqish bo'yicha deputat so'rovi yuborish belgilandi. Muddat talab qiladigan muammolar esa nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Deputatl L.Avezova tomonidan aholi bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, fuqarolarning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Mazkur sayyor qabul aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularni tizimli hal etish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1