Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Deputat Qumrabot mahallasida aholiga xizmat ko‘rsatayotgan 37-OPda “Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish” holatini o‘rgandi.

18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva o‘rganish jarayonida tibbiyot muassasasida aholiga xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlarni qabul qilish va navbat tizimi, shifokorlar hamda o‘rta tibbiyot xodimlarining faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, dori-darmon va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi, profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi hamda murojaatlar bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.

Deputat tibbiyot xodimlari va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazib, mavjud muammolar va takliflarni tingladi. 

O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1