Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi va Davlat dasturi ijrosi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi hamda 2026-yilga mo‘ljallangan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturida belgilangan tizimli vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

 Tadbirda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ziyo Parizod ishtirok etib, Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zolari hamda Olmazor tumani mutasaddi xodimlari oldida nutq so‘zladi. Deputat o‘z chiqishida Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, jamiyatni yuksaltirish, mahallalarni rivojlantirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berdi.

 Shuningdek, uchrashuv davomida xodimlarni qiziqtirgan savollar tinglanib, ularga batafsil javoblar berildi. Davra suhbati ochiq muloqot ruhida o‘tib, belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 4