Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Абдулабий маҳалласида тадбиркорлик билан шуғулланаётган ёшлар ҳонадонларига ташриф буюрилди
янв.21
Абдулабий маҳалласида Президент фармони ижроси ва ҳоким ёрдамчиси фаолияти ўрганилди
янв.21
Жалақудуқ туманида хотин-қизларнинг бандлиги ва ижтимоий ҳимоясини таъминлаш борасидаги ишлар ўрганилди
янв.21
Ш.Хайтахунов Жалақудуқ туманидаги 17- давлат ихтисослаштирилган мактабида ўқувчилар давоматини ўрганди
янв.21
Jalaquduq tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalasi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining 21-sessiyasida yoshlar siyosati va "Yoshlar daftari" ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi
янв.21
Yangisor MFYda muhim muhokama!
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATIDAN
янв.21
Bo‘ston MFYda Anzor Textile faoliyati o‘rganildi
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!”

Mamlakatimiz davlat mustaqilligining 32 yillik munosabati bilan respublikamiz boʻylab “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” gʻoyasi ostida maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. Ana shunday tadbirlaridan biri Qorovulbozor tumanida joylashgan 99265-harbiy qismda boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda tuman axborot-kutubxona markazi direktori Sh.Yuldasheva, “Adolat” SDP aъzosi, tuman kengashi deputati, faxriy pedagog Z.Raxmatova, 99265 – sonli harbiy qism komandiri o‘rinbosari ishtirok etdi.  Tadbirni kirish so‘zi bilan 99265 – xarbiy qism komandiri Andaev Husniddin Zayniddinovich ochib berdi va o‘z sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida fikrlarini bayon etdi. SHundan so‘ng tuman axborot-kutubxona markazi direktori so‘zga chiqib, barchani Mustaqilligimizning 32 yillik shodiyonasi bilar tabrikladi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlarni aytib o‘tar ekan, oxirgi 5 yillikda amalga oshirilgan keng islohotlarni, Yangi O‘zbekistonda, yangicha dunyoqarash asosida bajarilayotgan ishlarni alohida ta'kidlab o‘tdi. So‘nggi 5 yilda davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonda ochiqlik, shaffoflik bilan olib borilayotgan islohotlarni, halqimiz manfaati uchun qilinayotgan ijobiy ishlar amalga oshirayotgan islohatlar to‘g‘risida misollar orqali fikrini bayon etib o‘tdi. Shuningdek, tuman kengashi deputati Zulxumor Narzullaevna maruzasini Prezidentimizning 2023 yil 27 iyuldagi qaror maqsadidan boshladilar. Davlatimiz rahbarining Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bagʻishlangan qaroridan koʻzlangan maqsad vatanimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash hamda yurtimizdagi barcha sohalarni takomillashtirish koʻzda tutilgan boʻlib, albatta bularning barchasi salohiyatli kadrlarimiz va mutaxassislarimiz hamda bilimga toʻla yoshlarimiz qoʻlidadir.“Xalqimizning ulugʻvor qudrati joʻsh urgan hozirgi zamonda Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat boʻladi” deb taʼkidladilar. 

Slide 1 of 1