Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining VII-chaqiriq 13-sessiyasi bo`lib o`tdi
янв.21
Aholini qo`llab-quvvatlash – ustuvor vazifa
янв.21
Tuman Kengashi deputati Nafisaxon Abdumo`minova yoshlar bilan ochiq muloqot o`tkazdi
янв.21
YO`QLOV
янв.21
Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tumanimizda bayram tadbiri bo`lib o`tdi.
янв.21
Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
янв.21
3 DEKABR — XALQARO NOGIRONLAR KUNI
янв.21
Jalaquduq tumanida dual ta’limni o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Izlanish va intilish bilan yangi marralar sari
янв.21
Oliy Majlis Senati 11-yalpi majlisi qarorlari bo`yicha hududlarda targ`ibot ishlari izchil davom etmoqda
JASORAT VA MATONAT SOHIBASI BAYRAM BILAN QUTLANDI

JASORAT VA MATONAT SOHIBASI BAYRAM BILAN QUTLANDI

Bugungi tinch va farovon kunlarga erishish uchun Ikkinchi jahon urushida qon kechgan va g‘alaba bayrog‘i ostida Vatanimizga omon qaytgan yurtdoshlarimiz safi kun sayin tobora kamaymoqda. Ularni qadrlash, asrab-avaylash va hurmat ko‘rsatish bugungi avlodning muqaddas vazifasi hisoblanadi.

Shu maqsadda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qiziltepa tuman bo‘linmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi, “Bo‘ston” mahallasi mas’ullari, yoshlar va jamoatchilik vakillari Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, jasorat va matonat sohibasi, tumanimiz faxri Rashida aya Ishkulova xonadonida bo‘lib, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan tabriklashdi.

Jarayonda Rashida aya o‘z minnatdorchiligini bildirib, tarixiy xotiralarini bo‘lishdi va bugungi osuda kunlar uchun shukronalik keltirishini izhor qildi.

Slide 1 of 6