Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Абдулабий маҳалласида тадбиркорлик билан шуғулланаётган ёшлар ҳонадонларига ташриф буюрилди
янв.21
Абдулабий маҳалласида Президент фармони ижроси ва ҳоким ёрдамчиси фаолияти ўрганилди
янв.21
Жалақудуқ туманида хотин-қизларнинг бандлиги ва ижтимоий ҳимоясини таъминлаш борасидаги ишлар ўрганилди
янв.21
Ш.Хайтахунов Жалақудуқ туманидаги 17- давлат ихтисослаштирилган мактабида ўқувчилар давоматини ўрганди
янв.21
Jalaquduq tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalasi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining 21-sessiyasida yoshlar siyosati va "Yoshlar daftari" ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi
янв.21
Yangisor MFYda muhim muhokama!
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATIDAN
янв.21
Bo‘ston MFYda Anzor Textile faoliyati o‘rganildi
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati B.Misratullayev tomonidan Buyuk Ipak yo‘li mahallasi Muqimiy ko‘chasidagi 186–187-sonli ko‘p qavatli uylar hududidagi mavjud muammolar o‘rganildi.

O‘rganish davomida kanalizatsiya tarmog‘ini o‘tkazish ishlari sababli ko‘p qavatli uylar oralig‘idagi piyodalar yo‘laklari buzilgani, shuningdek, uylarning ichki qismida olib borilgan qazish ishlari natijasida katta o‘yiqlar hosil bo‘lgani aniqlandi.
Mazkur holat fuqarolarning uyga kirib-chiqishi va hudud bo‘ylab xavfsiz harakatlanishida noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kanalizatsiya ishlari yakunlangach buzilgan piyodalar yo‘laklari va uylarning ichki qismidagi o‘yiqlarni qayta tiklash, hududni obodonlashtirish hamda fuqarolar uchun xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 1