Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Абдулабий маҳалласида тадбиркорлик билан шуғулланаётган ёшлар ҳонадонларига ташриф буюрилди
янв.21
Абдулабий маҳалласида Президент фармони ижроси ва ҳоким ёрдамчиси фаолияти ўрганилди
янв.21
Жалақудуқ туманида хотин-қизларнинг бандлиги ва ижтимоий ҳимоясини таъминлаш борасидаги ишлар ўрганилди
янв.21
Ш.Хайтахунов Жалақудуқ туманидаги 17- давлат ихтисослаштирилган мактабида ўқувчилар давоматини ўрганди
янв.21
Jalaquduq tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalasi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining 21-sessiyasida yoshlar siyosati va "Yoshlar daftari" ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi
янв.21
Yangisor MFYda muhim muhokama!
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATIDAN
янв.21
Bo‘ston MFYda Anzor Textile faoliyati o‘rganildi
Ichki yo‘l muammosi o‘rganildi

Ichki yo‘l muammosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-Xalqabod saylov okrugi deputati N. Ruziyeva saylangan Orol MFY hududidagi ichki yo‘llarning holati fuqarolar murojaati asosida deputat bilan birgalikda o‘rganildi.

O‘rganish ishlari tuman Kengashi mutaxassisi K. Abdullayeva bilan birgalikda olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur hududdagi 140 metr ichki yo‘l amaldagi dasturga kiritilmagani sababli yo‘lga shag‘al yoki asfalt yotqizilmagani aniqlandi. Ayniqsa, yog‘ingarchilikli kunlarda tuproq ko‘chaning loyga aylanishi fuqarolarning harakatlanishida qiyinchilik tug‘dirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Fuqarolar murojaati yuzasidan masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ichki yo‘lni ta’mirlash va kelgusidagi dasturlarga kiritish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Murojaatning ijobiy hal etilishi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2