Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Har bir xonadon – e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida: Jalaquduq tumanida muhim farmon ijrosi ta’minlanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Jalaquduq tumanida ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamini ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Абдулабий маҳалласида тадбиркорлик билан шуғулланаётган ёшлар ҳонадонларига ташриф буюрилди
янв.21
Абдулабий маҳалласида Президент фармони ижроси ва ҳоким ёрдамчиси фаолияти ўрганилди
янв.21
Жалақудуқ туманида хотин-қизларнинг бандлиги ва ижтимоий ҳимоясини таъминлаш борасидаги ишлар ўрганилди
янв.21
Ш.Хайтахунов Жалақудуқ туманидаги 17- давлат ихтисослаштирилган мактабида ўқувчилар давоматини ўрганди
янв.21
Jalaquduq tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalasi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining 21-sessiyasida yoshlar siyosati va "Yoshlar daftari" ijrosi
Ayollar va qizlar taqdiri — jamiyat e’tiboridagi muhim masala

Ayollar va qizlar taqdiri — jamiyat e’tiboridagi muhim masala

Jamiyat taraqqiyoti, oilalar mustahkamligi va farzandlar kelajagi, avvalo, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsiz, munosib va erkin hayot kechirishini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liq.

Shu nuqtayi nazardan, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari hamda xotin-qizlar faollari ishtirokida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, erta turmush va erta tug‘ruq, oilaviy ajrimlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan huquqiy kafolatlarning amaliy ahamiyati haqida fikr almashildi. Mazkur Qonun 2019-yil 17-avgustda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 23-avgustda Senat tomonidan ma’qullangan.

Suhbat davomida xotin-qizlar va yosh qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash, oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablarini barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Ayniqsa, yosh qizlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash va jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish ularni erta turmush, zo‘ravonlik va boshqa salbiy holatlardan himoya qilishning muhim omili ekani ta’kidlandi.

Davra suhbatida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, xavf guruhidagi oilalarni aniqlash, xotin-qizlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda muammolarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahallalarda xotin-qizlar faollari, deputatlar, mutasaddi tashkilotlar va jamoatchilik vakillarining hamkorligini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Davra suhbati yakunida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini kuchaytirish, erta turmush va erta tug‘ruqning oldini olish, oilaviy ajrimlarni kamaytirish hamda muammoli oilalar bilan individual ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Zero, xotin-qizni himoya qilish — faqat bir insonni emas, butun bir oilani, oilani himoya qilish esa jamiyat kelajagini himoya qilishdir.

Har bir ayol — e’tiborda.

Har bir qiz — himoyada.

Har bir oila — jamiyat e’tiborida.

Slide 1 of 6