Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Абдулабий маҳалласида тадбиркорлик билан шуғулланаётган ёшлар ҳонадонларига ташриф буюрилди
янв.21
Абдулабий маҳалласида Президент фармони ижроси ва ҳоким ёрдамчиси фаолияти ўрганилди
янв.21
Жалақудуқ туманида хотин-қизларнинг бандлиги ва ижтимоий ҳимоясини таъминлаш борасидаги ишлар ўрганилди
янв.21
Ш.Хайтахунов Жалақудуқ туманидаги 17- давлат ихтисослаштирилган мактабида ўқувчилар давоматини ўрганди
янв.21
Jalaquduq tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalasi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining 21-sessiyasida yoshlar siyosati va "Yoshlar daftari" ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi
янв.21
Yangisor MFYda muhim muhokama!
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATIDAN
янв.21
Bo‘ston MFYda Anzor Textile faoliyati o‘rganildi
DEPUTATLIK NAZORATI: 157-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK NAZORATI: 157-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

🏫 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov hamda Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Muqaddas Raxmatillayeva tomonidan 157-sonli umumta’lim maktabida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yilini munosib kutib olishga tayyorgarligi, sinf xonalari, sport zali, o‘quv jihozlari va zarur infratuzilmaning holati, shuningdek, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

📚 Deputatlar tomonidan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, maktab hududining ozodaligi va xavfsizligi, pedagoglar uchun yaratilgan mehnat sharoitlariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida umumta’lim maktablaridagi sport zallari va sport anjomlarining mavjudligi hamda ularning holati ham o‘rganildi. O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi bilan bir qatorda, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun munosib sharoitlarni ta’minlash muhimligi qayd etildi.

📝 O‘rganish jarayonida maktab rahbariyati va mas’ullar bilan muloqot qilinib, mavjud masalalar muhokama etildi. Aniqlangan kamchiliklarni yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar bartaraf etish, ta’lim muassasasining o‘quvchilarni to‘liq tayyor holatda kutib olishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

📁 Aziz Ibragimov ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlarni joyiga chiqib o‘rganish, yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur imkoniyatlarni yaxshilash hamda aniqlangan masalalar yechimini nazorat qilib borish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan ekanini ta’kidladi.

✅ 157-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi va o‘rganish davomida ko‘tarilgan masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6