O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi 14-Ipoq saylov okrugi deputati U.Xudayberdiyev, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov hamda I.Roziqov ishtirok etdi.
Tashrif davomida “Ipoq” mahallasida aholi murojaatlarining kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar joyida o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram