Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
Fuqarolar murojaati deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Qo‘qon shahar hokimi M.A.Usmonov tomonidan “Tolzor” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan fuqarolar qabuli davomida aholi murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Qabul jarayonida fuqaro A.Inomova mahalla hududidagi Amir Temur ko‘chasida elektr ta’minotida kuzatilayotgan nosozliklar yuzasidan murojaat qilib, mazkur muammoni bartaraf etishda amaliy yordam so‘radi.

Murojaat yuzasidan M.A.Usmonov tomonidan mavjud holat batafsil o‘rganilib, elektr ta’minotidagi nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi hamda ushbu masala shaxsiy nazoratga olingani ma’lum qilindi.

Qabul yakunida murojaatni imkon qadar qisqa muddatlarda ijobiy hal etish, hudud aholisini barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2