Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Kotib

So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, yangi muassasalar qurib foydalanishga topshirilayotgani, kelajagimiz egalari ta’lim-tarbiyasiga bo‘lgan e’tibor namunasidir.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Yuldasheva Muyassar Tairovna 1-“Oqibat” okrugi hududidagi 426-maktabgacha ta’lim tashkilotidagi qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Muassasada bolalar uchun xavfsiz va rang-barang muhit, tajribali tarbiyachilar, zamonaviy ta’lim uslubi, jismoniy va intellektual rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Shu bilan birga, sog‘lom ovqatlanish, toza va shinam xona-joy, bolalarning ijodiy salohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi o‘quv-tarbiyaviy jarayon yo‘lga qo‘yilgan.

Tashrifda “Inson” ijtimoiy himoya milliy agenligi bolalarni himoya qilish sho‘basi bilan hamkorlikda tashkilot xodimlariga tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berilib, yurtimizda yosh avlod ta’im-tarbiyasi uchun yaratilgan shart-sharoit, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Slide 1 of 3