Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala “Niholzor” mahallasida yettilik faoliyati o‘rganildi.
#_deputat_faoliyati
#_162_ta_qonun
#_24_ta_masala
“Niholzor” mahallasida yettilik faoliyati o‘rganildi.


Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining “19-Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputat S.Qurbonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan “Niholzor” mahallasida yettilik faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-sonli Qonun ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida yettilik tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan faoliyat ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla mas’ullari va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, yettilik faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha fikr almashildi va murojaatlar daftari yuritildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda yettilik faoliyati ustidan nazorat ishlari davom ettirilishi belgilandi.
Slide 1 of 2