Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Mahalladagi mavjud holat va tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Mahalladagi mavjud holat va tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan deputat I.Qurbonov bilan birgalikda deputatning saylangan saylov okrugi hududida fuqarolar bilan uchrashuv va qabullar o‘tkazish, joylarda o‘rganishlar olib borish hamda bu boradagi faoliyatni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq "Yakkaterak" mahallasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mahalla yettiligi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, mahallada mavjud muammolar yuzasidan mahalla faollari va mas'ullar bilan fikr almashilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, "Bog‘iston" oilaviy shifokorlik punkti "Yakkaterak" filiali faoliyati bilan tanishilib, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti, tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar hamda fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari joyida o‘rganildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5