Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Olmazor tumanida “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov, Olmazor tuman Kengashi kotibiyati mas’ullari hamda ishchi guruh a’zolari tomonidan Olmazor tumanining “Ziyokor” mahallasida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

📝 Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati atroflicha ko‘rib chiqildi.

🤝 Ta’kidlanganidek, mazkur qaror asosida “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimini amaliyotda samarali yo‘lga qo‘yish, hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari kun tartibiga kiritish hamda ijrosini qat’iy nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish ustuvor vazifa ekani qayd etildi.

💬 Muloqot davomida mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, fuqarolar murojaatlarini tizimli o‘rganish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

🔎 Uchrashuv yakunida aholi manfaatlarini ta’minlash, hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda mahalla va Kengashlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7