Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

Bugun G‘ozg‘on shahar hokimligi faollar zalida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan qonunga xilof muomala qilganlik uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1151-sonli Qonunining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda kiberjinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan tashkil etilib, unda shahar korxona va tashkilotlari vakillari, mas’ullar hamda probatsiya nazoratidagi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda shahar IIB bo‘limi boshlig‘i Z. Shamshidinov, shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari Sh. Raxmonov, Xalq deputatlari G'ozg'on shahar kengashi kotibiyati mudiri F. Hojiyev ishtirok etib, yoshlarni turli yot g‘oyalar, giyohvandlik illati, internet orqali sodir etilayotgan firibgarlik va boshqa kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lishga, sog‘lom turmush tarziga amal qilishga hamda doimo hushyor bo‘lishga chaqirdilar.
Tadbir davomida mavzuga oid videoroliklar namoyish etilib, ishtirokchilarga giyohvandlik va kiberjinoyatchilikning salbiy oqibatlari, ularning oldini olish choralari hamda amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kunining ahamiyati alohida ta’kidlanib, bunday ma’rifiy tadbirlar jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirish, yoshlarni turli tahdidlardan asrash va huquqiy madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Slide 1 of 5