Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
“Tinchlik” mahallasida “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida o‘rganish o‘tkazildi

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlarining tashkil etilishi yuzasidan tahlillar olib borildi.

O‘rganish jarayonida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–641, 2020-yil 15-oktyabr) ijrosi doirasida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, kam ta’minlangan va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, kam ta’minlangan oilalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, shuningdek, mahalla yettiligi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasidagi vazifalar ijrosini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.