Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi 11-Muqimiy saylov okrugi deputati Z.Shodmonov tomonidan Bog'ishamol mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv va samimiy suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kasb-hunar egallashining ahamiyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, kasb-hunarga qiziqishi bo‘lgan yoshlar bilan sartaroshxona faoliyati yaqindan tanishtirilib, ularga ushbu yo‘nalishda hunar o‘rganish, o‘z ustida ishlash va kelgusida mustaqil faoliyat yuritish imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi.

Deputat yoshlarni mehnatsevar bo‘lishga, zamonaviy kasb va hunarlarni egallash orqali kelajakda o‘z o‘rnini topishga chaqirdi hamda ularning taklif va murojaatlarini tingladi. Yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3