Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI

Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Doimiy komissiyasining yig‘ilishida tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari ham ishtirok etishdi.

Kun tartibiga 3 ta masala kiritildi.

Jumladan,
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida.
2. Muzrabot tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

Ushbu masalalar bo‘yicha tuman hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i S.M.Xolniyozovning hisobotlari dastlabki tarzda tinglandi.

Shundan so‘ng, har bir masala yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlarga doimiy komissiya a’zolari tomonidan diqqat bilan e’tibor qaratilib, muhokama qilindi.

Majlis yakunida ishtirokchilarning fikr-mulohazalar tinglanib, doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib, xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha bo‘yicha doimiy komissiyasi tegishli qarori loyihasi tasdiqlandi va navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish belgilandi.

Slide 1 of 3