Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mas’ullari hamda kun tartibidagi masalalarga daxldor bo‘lgan tegishli soha va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Kun tartibida quyidagi muhim masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi:
Chiqindi va obodonlashtirish tariflari: Zarbdor tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy ko‘chalari bo‘yidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan tuzilgan shartnoma asosida qattiq maishiy chiqindilarini olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha to‘lov tariflarini tasdiqlash to‘g‘risida;

Ichki yo‘llar ta’miri: Zarbdor tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun “Manzilli ro‘yxati”ga o‘zgartirish kiritish toʻgʻrisida;

Infratuzilmaviy muammolarni hal etish: Tumanda aholining hayot kechirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarga mablag‘ ajratish toʻgʻrisida;

Budjet mablag‘larini yo‘naltirish: Zarbdor tumani mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni tegishli sohalarga yoʻnaltirish toʻgʻrisida.
Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha mas’ullarning hisobot va tushuntirishlari tinglandi. Aholi farovonligi va tuman infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiluvchi ushbu chora-tadbirlarni tizimli amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 4