Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Qo‘ng‘irot” mahallasidagi muammolar o‘rganildi

“Qo‘ng‘irot” mahallasidagi muammolar o‘rganildi

Termiz tumani Kengashi deputati R.Shamanov “Qo‘ng‘irot” mahallasida fuqarolar bilan uyma-uy yurilib uchrashuvlar o‘tkazildi hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aholining mavjud muammolari o‘rganildi.

Muloqotlar davomida aholi tomonidan mahallaga yangi transformator hamda qo‘shimcha tayanch ustunlarga ehtiyoj borligi bildirildi.

Ta’kidlanishicha, elektr tarmoqlari va simlarning eskirgani sabab ayrim xonadonlarda tez-tez elektr uzilishlari kuzatilmoqda.
Shuningdek, mahallada aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 75 foizni tashkil etishi, 7,2 kilometr ichki yo‘llar esa hanuz asfaltlashtirilmagani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3